«Yashil kelajak sari» ochiq muloqot
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida ochiq dars-tadbir bo'lib o'tdi. Tabiatni asrash, suv va elektr energiyasini tejash, chiqindilarni saralash, yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi, psixologik treninglar o'tkazildi.






















































