Bosh sahifa Biografiya Loyihalar Tadbirlar Fraksiya Hududlar Xalqaro Aloqa
Bosh sahifa / Forum va tadbirlar

Forumlar va tadbirlar

Yoshlar va xotin-qizlar ishtirokidagi forumlar, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va seminarlar — 2026-yil aprel–sentabr.

20tadbir
241yoshlar tadbiri (iyul, hududlarda)
143xotin-qizlar tadbiri (iyul)
Yoshlar15-sentabr 2026

«Yashil kelajak sari» ochiq muloqot

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida ochiq dars-tadbir bo'lib o'tdi. Tabiatni asrash, suv va elektr energiyasini tejash, chiqindilarni saralash, yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi, psixologik treninglar o'tkazildi.

«Yashil kelajak sari» ochiq muloqot«Yashil kelajak sari» ochiq muloqot
Yoshlar10-sentabr 2026

«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi

O'zbekiston Ekologik partiyasi raisi Abdushukur Hamzayev va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattorov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot. Ekologiya, yoshlar siyosati va istiqboldagi loyihalar yuzasidan yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi
Ilm-fan5-sentabr 2026

«Ilm-fan, STEAM va ekologik yechimlar»

Ilm-fan, STEAM yondashuvi va ekologik innovatsiyalar bo'yicha dolzarb masalalar muhokama qilingan uchrashuv. Faol yoshlar o'z g'oya va tashabbuslarini taqdim etdi, ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

80+faol yoshlar
10+g'oya va tashabbus
«Ilm-fan, STEAM va ekologik yechimlar»«Ilm-fan, STEAM va ekologik yechimlar»«Ilm-fan, STEAM va ekologik yechimlar»
Xotin-qizlarSentabr 2026

«Respublika Imkoniyat» bilan hamkorlik

O'zbekiston Ekologik partiyasi va «Respublika Imkoniyat» jamoat birlashmasi o'rtasida xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish va ayollarning tibbiy hamda ekologik madaniyatini oshirish bo'yicha hamkorlik yo'nalishlari belgilandi.

«Respublika Imkoniyat» bilan hamkorlik
Davlat26-avgust 2026

Prezident Administratsiyasi ishchi guruhida ishtirok

Mustaqillikning o'ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sport, madaniyat va san'at sohalari hamda OAV xodimlarining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishiga bag'ishlangan tadbirning ishchi guruhida ishtirok etildi.

Prezident Administratsiyasi ishchi guruhida ishtirok
Xotin-qizlar19-avgust 2026

Respublika xotin-qizlar forumi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan «Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar» mavzusida forum. Spikerlar: MPA Global agentligi direktori Nafosatxon Tojiboyeva, psixolog Umida Abdullayeva, O'zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri Nilufar Abdurahmonova, «Ayol uchun» platformasi asoschisi Mahliyo Tojiyeva (PhD), Adliya vazirligi bosh maslahatchisi Nasima Abdullayeva, Central Asian University prorektori Shohida Ibragimova va Boshqaruv samaradorligi agentligi xodimi Gulchehra Ashurova. Forum Axborot24 telekanalida yoritildi.

4 433ko'rishlar
7spiker
Xotin-qizlar13-avgust 2026

«Xotin-qizlar forumi — 2026»ga start berildi

Xotin-qizlarning faol hayotiy pozitsiyasini qo'llab-quvvatlash, ularni birlashtirish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida loyiha boshlandi. Forum doirasida ekspertlar bilan ochiq muloqotlar, tajriba almashinuvi va kasbiy rivojlanish uchrashuvlari rejalashtirildi.

3 132ko'rishlar
«Xotin-qizlar forumi — 2026»ga start berildi«Xotin-qizlar forumi — 2026»ga start berildi
TashkiliyAvgust 2026

Hududlar bilan ochiq muloqot

Hududiy tashkilotlar bilan onlayn muloqotda ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni oshirish, faoliyatni monitoring va reyting asosida baholash hamda ilg'or tajribalarni ommalashtirish bo'yicha vazifalar belgilandi.

Hududlar bilan ochiq muloqotHududlar bilan ochiq muloqot
EkologiyaAvgust 2026

«Yashil tashabbuslar» forumida ishtirok

Yoshlarning ekologik tashabbuslariga bag'ishlangan forumda ishtirok etildi.

«Yashil tashabbuslar» forumida ishtirok
Yoshlar30-iyul 2026

Mustaqillikning 35 yilligi: yoshlar bilan ochiq muloqot

Ekologiya, yoshlar siyosati va istiqboldagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Spiker — O'zbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik Uyushmasi bo'lim boshlig'i, iqtisodiyot fanlari bo'yicha PhD Mahliyoxon Tojiyeva.

4 300ko'rishlar
Mustaqillikning 35 yilligi: yoshlar bilan ochiq muloqotMustaqillikning 35 yilligi: yoshlar bilan ochiq muloqotMustaqillikning 35 yilligi: yoshlar bilan ochiq muloqot
Xotin-qizlar16-iyul 2026

«Zakovatli ayol — yashil taraqqiyot tayanchi»

«Xotin-qizlar bilan ishlash» bo'limi tashabbusi bilan xotin-qizlar o'rtasida «Zakovat» intellektual o'yini tashkil etildi.

5 001ko'rishlar
«Zakovatli ayol — yashil taraqqiyot tayanchi»«Zakovatli ayol — yashil taraqqiyot tayanchi»«Zakovatli ayol — yashil taraqqiyot tayanchi»
Xalqaro8–9-iyul 2026

Xalqaro «Yoshlar ekologik sammiti» — Eco Youth Summit 2026

«Ziyo Forum» anjumanlar zalida xalqaro yoshlar ekologik sammiti bo'lib o'tdi. Sammitda xorijlik ishtirokchilar, xorijning top universitetlarida tahsil olayotgan yoshlar, deputatlar va ekspertlar ishtirok etdi. Hududlarda tashkil etilgan markaziy studiya orqali 1000 dan ortiq yosh qatnashdi.

723ro'yxatdan o'tgan
200bevosita ishtirokchi
16 970qamrov
Xalqaro «Yoshlar ekologik sammiti» — Eco Youth Summit 2026Xalqaro «Yoshlar ekologik sammiti» — Eco Youth Summit 2026
Ekologiya5-iyun 2026

«Tabiat uchun birlashaylik»

Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Millatlararo munosabatlar qo'mitasi hamda Yakkasaroy tumani hokimligi hamkorligida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

120ishtirokchi
«Tabiat uchun birlashaylik»«Tabiat uchun birlashaylik»«Tabiat uchun birlashaylik»
Yoshlar4-iyun 2026

«Eko-Fest» — «Toza tabiat — sog'lom kelajak»

Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi 2-sonli texnikumda ekologik festival doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

120ishtirokchi
«Eko-Fest» — «Toza tabiat — sog'lom kelajak»«Eko-Fest» — «Toza tabiat — sog'lom kelajak»«Eko-Fest» — «Toza tabiat — sog'lom kelajak»
EkologiyaMay 2026

«Yoshlar qanoti» a'zolari bilan eko-hashar

Faol yoshlar ishtirokida eko-hashar aksiyasi o'tkazilib, «Cho'pon ota» hamda «Said Vaqqos ota» qabristonlari obodonlashtirildi.

50yosh
«Yoshlar qanoti» a'zolari bilan eko-hashar«Yoshlar qanoti» a'zolari bilan eko-hashar«Yoshlar qanoti» a'zolari bilan eko-hashar
YoshlarMay 2026

Yoshlar parlamenti a'zolari bilan tanqidiy-tahliliy muloqot

Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolarining hududlardagi faoliyati, deputatlar bilan hamkorligi tahlil qilinib, takliflar umumlashtirildi va kelgusi vazifalar belgilandi.

16a'zo
Yoshlar parlamenti a'zolari bilan tanqidiy-tahliliy muloqotYoshlar parlamenti a'zolari bilan tanqidiy-tahliliy muloqotYoshlar parlamenti a'zolari bilan tanqidiy-tahliliy muloqot
Ilm-fanMay 2026

«Olimlar davrasida» ilmiy-ma'rifiy uchrashuv

Deputat Noiba Inayatova, Respublika Yosh olimlar kengashi raisi Sayyora Saidova (DSc), professorlar Zikrilla Alimov, Amet Madreimov, Sardorjon Avazov, xalqaro professor-o'qituvchilar Kiran Shinde va Yahya Mohamad Halawani hamda yosh tadqiqotchilar ishtirokida ekologiya, yashil iqtisodiyot, ekoturizm va yoshlarning ekologik tarbiyasi muhokama qilindi.

150ishtirokchi
«Olimlar davrasida» ilmiy-ma'rifiy uchrashuv«Olimlar davrasida» ilmiy-ma'rifiy uchrashuv«Olimlar davrasida» ilmiy-ma'rifiy uchrashuv«Olimlar davrasida» ilmiy-ma'rifiy uchrashuv
Yoshlar8-may 2026

«Yangi O'zbekiston yoshlari — 2030» strategiyasida partiyaning o'rni

Toshkent kimyo-texnologiya institutida ochiq muloqot: deputat G. Tadjibayeva, «Karyerist uz» asoschisi M. Inomova va Markaziy bank bo'lim boshlig'i E. Ikramov yashil startaplar va yoshlar tashabbuslari haqida so'zladi. Faol yoshlar partiya safiga qabul qilinib, a'zolik guvohnomalari topshirildi.

2 706ko'rishlar
«Yangi O'zbekiston yoshlari — 2030» strategiyasida partiyaning o'rni«Yangi O'zbekiston yoshlari — 2030» strategiyasida partiyaning o'rni«Yangi O'zbekiston yoshlari — 2030» strategiyasida partiyaning o'rni«Yangi O'zbekiston yoshlari — 2030» strategiyasida partiyaning o'rni
Xotin-qizlarMay 2026

«Sog'lom ayol — Yangi O'zbekiston tayanchi»

Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazida xotin-qizlar o'rtasida sport musobaqalari va ekologiya, salomatlik yo'nalishidagi intellektual bellashuvlar o'tkazildi. G'oliblar sertifikat va sovg'alar bilan taqdirlandi.

«Sog'lom ayol — Yangi O'zbekiston tayanchi»«Sog'lom ayol — Yangi O'zbekiston tayanchi»«Sog'lom ayol — Yangi O'zbekiston tayanchi»«Sog'lom ayol — Yangi O'zbekiston tayanchi»
Yoshlar30-aprel 2026

«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi

«Yurtimizda yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish bo'yicha islohotlar va ularning natijalari» mavzusida Yakkasaroy tumani hokimligi bilan hamkorlikda uchrashuv. Hokim Nilufar Allaberganova va Nilufar Matkarimova 140 ga yaqin yosh bilan ochiq muloqot qildi, takliflar yuzasidan vazifalar belgilandi.

140yosh
«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi