Bosh sahifa Biografiya Loyihalar Tadbirlar Fraksiya Hududlar Xalqaro Aloqa
Bosh sahifa / Loyihalar

Yoshlar va xotin-qizlar uchun loyihalar

O'zbekiston Ekologik partiyasi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash kompleksi tomonidan 2026-yilda amalga oshirilgan loyihalar hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikdagi dasturlar.

15+loyiha va dastur
8 900+bola va yoshlar qamrovi
600+ilm-fanga jalb etilgan qizlar
2026 · Ekologik partiya

Partiya loyihalari

YoshlarMay – sentabr 2026

«Eko-volontyorlar» dasturi

Eko-faol yoshlar uchun atrof-muhit muhofazasi, ekologik madaniyat va yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan haftalik o'quv-treninglar. 24–25-sentabr kunlari «Yosh ekologlar» qanoti tomonidan loyihaning II mavsumi o'tkazildi: «Ekolog.uz» rahbari Nargiza Qosimova bilan uchrashuv va Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Salomatlik volontyorlari» bilan «Salomatlik va ekologiya: birinchi yordam ko'rsatish» amaliy mashg'uloti tashkil etildi. Faol ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

100+II mavsum ishtirokchilari
50I bosqich ishtirokchilari
YoshlarIyun – sentabr 2026

«Eko-debat» tanlovi

Yoshlarning ekologik bilimi, notiqlik va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan respublika tanlovi. 15-iyunda Respublika o'quv-seminari o'tkazildi, iyulda hududiy partiya tashkilotlariga tanlovni tashkil etish bo'yicha batafsil tushuntirishlar berildi. 12-sentabrda barcha hududlar bilan masofaviy ochiq muloqot bo'lib o'tdi, 14–15-sentabr kunlari esa tanlovning tuman bosqichlari Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etildi.

100+ishtirokchi
14hudud
Xotin-qizlarMay – iyun 2026

«Yashil hayot formulasi» podkasti

Ilmiy, ijtimoiy va siyosiy sohada o'z o'rniga ega ayol-qizlar ishtirokidagi podkast. 1-son «Oilada ekologik madaniyatni rivojlantirishda xotin-qizlarning o'rni» mavzusida bo'lib, mehmonlar — Qonunchilik palatasi deputati Noiba Inoyatova, qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha PhD Ma'mura Xalilova va Diyora Botirovna. 2-son (17-iyun) «Ekologik muammolar — salomatlikka yashirin tahdid» mavzusida: Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova va tibbiyot fanlari nomzodi Gulchehra Xasanova.

2 5672-son ko'rishlar
2son
«Yashil hayot formulasi» podkasti«Yashil hayot formulasi» podkasti
YoshlarIyun – avgust 2026

«Muvaffaqiyat formulasi»

Biznes, fan va sportda yutuqqa erishgan insonlar bilan ochiq muloqotlar. 24-iyuldagi ovozli suhbat spikeri — Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi E'zoza Ortiqova; 14-avgustdagi «Kelajak liderlari qanday shakllanadi?» mavzusidagi uchrashuvda Sevinch Abdug'afforova ishtirok etdi. Loyiha yoshlarga xalqaro tajriba, motivatsiya, innovatsion fikrlash va yangi aloqalar imkonini beradi.

1 878ko'rishlar (iyul)
50faol ayollar (iyun)
«Muvaffaqiyat formulasi»«Muvaffaqiyat formulasi»
Ilm-fanMay 2026

«Next Gen Woman»

Respublika Yosh olimlar kengashi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh xotin-qizlar uchun ilmiy-metodik loyiha. Ishtirokchilar maqola yozish, xalqaro sertifikatlar va startap g'oyalarini loyihaga aylantirish bo'yicha bilim oldi.

100ishtirokchi
«Next Gen Woman»«Next Gen Woman»«Next Gen Woman»
BolalarIyun – avgust 2026

«Dolzarb 90 kun»

Yozgi ta'til davomida bolalar oromgohlarida «Ona tabiatni asrash» shiori ostida ekologik-ma'rifiy tadbirlar. 16-iyunda Bo'stonliq tumanidagi «Yangi avlod» oromgohida keng ko'lamli tadbir bo'lib o'tdi. Andijon, Namangan, Farg'ona, Buxoro, Jizzax, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va boshqa hududlardagi oromgohlarda 96 ta targ'ibot tadbiri o'tkazildi, ular hududiy telekanallarda yoritildi.

8 900+bola qamrab olindi
96oromgoh tadbiri
EkologiyaIyun – sentabr 2026

«Yashil qo'llar» plogging aksiyalari

Sog'lom turmush tarzi va tozalikni birlashtirgan ekologik aksiyalar. 18-iyunda Bunyodkor stadioni hududida 200 nafar yosh ishtirokida plogging o'tkazildi. 9-avgust kuni Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan respublikaning 10 ta shahrida «Yashil qo'llar» tadbirlari bo'lib o'tdi. 19-sentabr — Butunjahon tozalik kunida volontyorlar ishtirokida «Chiqindisiz maskan» aksiyasi tashkil etildi.

10shahar
200yosh (18-iyun)
Xotin-qizlar31-iyul 2026

«Tabiat bilan bir kun» treningi

Toshkent Botanika bog'ida tashkil etilgan amaliy trening. Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha PhD Charos Mirxoliqova «EcoMind: tabiat, miya va ayol ruhiyati» mavzusida mashg'ulot olib bordi.

1 499ko'rishlar
«Tabiat bilan bir kun» treningi«Tabiat bilan bir kun» treningi
StartapMay – avgust 2026

«EcoStartUp» loyihasi

Yoshlarning ekologik g'oyalarini amaliy startaplarga aylantirishga ko'maklashuvchi loyiha. May oyida «Eko-startaper» ovozli suhbatida tadqiqotchi va startaper yoshlarning ekologik yechimlari taqdim etildi, avgustda loyiha to'liq yo'lga qo'yildi: startap yaratish, rivojlantirish va bozorga olib chiqish bo'yicha bilim, mutaxassislar bilan aloqa.

78ishtirokchi (may)
SiyosatAvgust 2026

«Parlament yoshlari» va «Deputat ayol»

«Parlament yoshlari» loyihasi yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, qonunchilik jarayonlari va jamoatchilik hayotidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan. «Deputat ayol» rubrikasi esa deputat ayollarning faoliyati, kasbiy yo'li va tashabbuslarini keng jamoatchilikka tanishtiradi; birinchi mehmon — Qonunchilik palatasi deputati Olga Litvinova.

«Parlament yoshlari» va «Deputat ayol»«Parlament yoshlari» va «Deputat ayol»
TashkiliyMay 2026

«Yosh ekologlar» qanoti va «Ekologiya va salomatlik» ayollar klubi

Kompleks faoliyati doirasida ikkala tuzilma qayta yo'lga qo'yildi: maxsus logotiplar ishlab chiqildi, yillik ish va media rejalari tuzildi, turli platformalarda sahifalar ochildi. «Yosh ekologlar» sahifasidagi postlar 4 barobar (3 397 ta), jonli kuzatuvchilar 18 barobar oshdi; ayollar klubi sahifasida postlar 5 barobar (1 588 ta) ko'paydi. Hududlarda klub raislarini saylash konferensiyalari o'tkazildi.

4×postlar o'sishi
18×kuzatuvchilar o'sishi
«Yosh ekologlar» qanoti va «Ekologiya va salomatlik» ayollar klubi«Yosh ekologlar» qanoti va «Ekologiya va salomatlik» ayollar klubi
Media30-iyun 2026

«Yashil makon» qo'shig'i

Kompleks tashabbusi bilan Mustaqilligimizning 35 yilligi shodiyonalari oldidan «Yashil makon» qo'shig'i yaratildi. Qo'shiqning rasmiy premyerasi 2026-yil 30-iyunda bo'lib o'tdi.

2 567ko'rishlar
«Yashil makon» qo'shig'i
Yoshlar ishlari agentligi bilan

Ilm-fan va xotin-qizlar dasturlari

Ilm-fan2 mavsum

«PhD sari qadam»

Ilmiy faoliyatni boshlamoqchi bo'lgan ayol-qizlar uchun o'quv loyihasi. Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh olimlar kengashi hamkorligida bakalavr, magistr va doktorantlar ilmiy izlanish, maqola yozish va dissertatsiya jarayoniga tayyorlandi. 2-mavsumda 13 ta hududdan 100 nafar ishtirokchi qatnashdi (74 nafari oflayn, 26 nafari onlayn), ularning qariyb 60 foizi doktorantlar. Loyiha tajribasi bugun STEAM Akademiyasi bilan «STEAM Week» va «Next Gen Women» dasturlarida davom etmoqda.

200+ayol-qizlar
13hudud
2,89KTelegram obunachilari
Ilm-fan2 mavsum

«Ilm-fan oromgohi»

Yoshlar ishlari agentligining ilm-fanga qiziquvchi qizlar uchun loyihasi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi «Semurg» oromgohida o'quv mashg'ulotlari, olimlar va rahbarlar bilan uchrashuvlar, xotin-qizlarning ilm-fandagi o'rni bo'yicha munozaralar hamda madaniy tadbirlar o'tkazildi. Faol ishtirokchilar kitob va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

400+qizlar
2mavsum
Xotin-qizlar31-may – 4-iyun 2023

«Qizlar ovozi» klubi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan klubning hududiy koordinatorlari uchun o'quv-seminar. Ochiq tanlov orqali saralangan barcha hududlardan 70 nafar koordinator huquqiy savodxonlik, loyiha boshqaruvi va xotin-qizlar bilan tizimli ishlash bo'yicha o'qitildi. Klub faoliyati 5 yo'nalish bo'yicha tizimlashtirildi: umumiy boshqaruv, ta'lim, IT va media, sport va salomatlik, bandlik va tadbirkorlik.

70koordinator
5yo'nalish